23 Avgust 2021 yil 552

“Oilalarni mustahkamlash oyligi” doirasida Shahrixon tumanida ajrashish arafasidagi 9 ta oila yarashtirildi

Oilaning jamiyatdagi o‘rnini yuksaltirish, xalqimizning oila bilan bog‘liq qadriyatlarini mazmunan boyitish, oilalarni yanada mustahkamlash maqsadida Andijon viloyati hokimi farmoyishi bilan joriy yilning  avgust oyi viloyatda “Oilalarni mustahkamlash oyligi” deb eʼlon qilingan. Oylik doirasida Shahrixon tumanida ham bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. 

Joriy yilning 21 avgust kuni  tuman hokimligi, tuman Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, tuman  prokuraturasi, ichki ishlar hamda Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limlari vakillari, imom-xatiblar, otinoyilar va mahallalar faollari ishtirokida “Farzandingni ota-ona mehridan mahrum etma!” shiori ostida sayyor qabul o‘tkazildi. 

Sayyor qabulda tumandagi ajrashish arafasida turgan 15 ta oila vakillari ishtirok etdi. Shundan 9 ta oila yarashtirildi. 6 ta oilaga yarashish uchun maʼlum muddat berildi. Shu bilan birga, mazkur oilalarning uy-joy bilan taʼminlash va boshqa masalalari ham ko‘rib chiqilib, muammolarini ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech