Oltinko‘l tumani IIBda joriy yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi
Joriy yilning 16-aprel kuni Oltinko‘l tumani IIBda Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik J.M.Davronov raisligida o‘tgan birinchi chorak davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish, probatsiya nazorati ostidagi shaxslar bilan olib borilgan profilaktik ishlar hamda shaxsiy tarkib bilan xizmat intizomini mustahkamlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishga qaratilgan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan majlisda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tumanda huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, jinoyatchilikka qarshi kurashish, sodir etilgan jinoyatlarni issiq izidan ochish, qidiruvdagi jinoyatchilarni aniqlash ,fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash, jangovar va jismoniy shayligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar, ushbu yo‘nalishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan rahbar va xodimlar muhokama qilinib, ularing hisobotlari tinglandi.
Hisobot yig‘ilishi yakunida ushbu yo‘nalishning mutasaddi rahbarlari va xodimlariga kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aniq va manzilli tarzda belgilab berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati