17 Avgust 2022 yil 446

Oltinkoʻl tumanida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi yuzasidan muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 7-avgust kuni Oltinkoʻl tumani hududidan oʻtgan davlat ahamiyatiga ega avtomobil yoʻlida sodir etilgan 3ta avtomashinalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisasi yuzasidan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi. Ushbu yigʻilishda viloyat IIB YHXB rahbari oʻrinbosari, tumani hokimi, sektor rahbarlari va hokim oʻrinbosarlari,tashkilot rahbarlari qatnashdilar.

IIB YHXB rahbari oʻrinbosari hamda tuman rahbari raisligidagi yigʻilishda 3 nafar fuqarolarning oʻlimiga sabab boʻlgan ushbu ayanchli hodisaning kelib chiqish sabablari, mavjud kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar muhokama qilinib, mutasaddi idora va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech