16 Iyun 2023 yil 466

Oltinko‘l tumanida yashash xonadonida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgan shaxs fosh bo‘ldi

2023-yil 26-may kuni Oltinko‘l tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Qoradori-2023” tadbiri davomida Dalvarzin MFYda yashovchi Q.A.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilganida og‘irligi 161 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech