3 Fevral 2021 yil 672

Oltinko‘l tumani IIB hisobidagi 132 nafar ov quroli bor shaxslar bilan noxush holatlarni kelib chiqishini oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi 

Tadbirda Oltinko‘l tumani IIB rahbariyati, tuman ovchilar va baliqchilar jamiyati, Veterinariya chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi, tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi xodimlari ishtirok etdi.

Tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari o‘z so‘zida bugungi kunda Oltinko‘l tumani IIB hisobida 132 nafar ov quroli bor shaxslar mavjud ekanligiga to‘xtalib, o‘q-otar qurollar bilan sodir etilishi mumkin bo‘lgan noxush hodisalarni oldini olish, noqonuniy o‘q-otar qurol, portlovchi modda, o‘q dori muomilasiga barham berish borasida o‘tgan 2020 yil mobaynida hamkorlikda amalga oshirilgan ishlarga alohida urg‘u qaratdi.

Shuningdek, tuman IIB hisobida bo‘lgan ovchilar bilan belgilangan tartibda ov qurolini saqlash va olib yurish, ov quroli bilan sodir etilishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarni oldini olish, noqonuniy qurollarni saqlamaslik, brakonyerlik qarshi kurashish hamda hozirda ov mavsumi bo‘lganligi sababli har-xil noxush holatlarni kelib chiqishini oldini olish yuzasidan ham tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir yakunida tuman IIB JTSG inspektori katta serjant A.Xasanov  ovchilar tomonidan berilgan savollarga, shuningdek, ular tomonidan bildirilgan takliflarga o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech