Oltinko‘l tumanida ichki ishlar xodimlari tomonidan pirotexnika vositalari savdosining oldi olindi
Andijon viloyatining barcha hududlarida o‘tkazilayotgan “Tozalash-Antiterror” maxsus tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida pirotexnika vositalarining oldi sottisi bilan bog‘liq bir qator holatlarning oldi olinmoqda.
Xususan, shu yilning 4 dekabr' kuni soat 23:00 larda Oltinko‘l tumanida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan fuqaro A.N.ning sumkasi nazorat tartibida xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning ichidan 11 ta qutida 679 dona “Britanik” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.
Bundan tashqari, 05 dekabr' kuni soat 14:30 larda Oltinko‘l tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro A.R o‘zining “M-412” rusumli avtomashinasini Oltinko‘l tumani, Ko‘makay MFY hududida boshqarib borayotgan vaqtida, shu yerda xizmatda bo‘lgan viloyat IIB YHXB 2-safarbarlik guruhi xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Avtomashina qo‘zdan kechirilganida, uning yukxonasidan 28 ta qutida 1680 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, aniqlangan pirotexnika vositalari chora ko‘rishlik uchun Oltinko‘l tumani ichki ishlar bo‘limiga topshirilgan. Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati