8 Iyun 2023 yil 393

Oltinko‘l tumanida kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini sotayotgan shaxs qo‘lga olindi  

2023-yil 4-iyun kuni Andijon viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Oltinko‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Paxtaobod tumanida yashovchi U.I 1180 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 10800 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Oltinko‘l tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech