14 Mart 2020 yil 1127

Oltinko‘l tumanida probasiya hisobida turuvchi shaxslar bilan ushrashuv-muloqot o‘tkazildi

2020 yilning 12 mart kuni Oltinko‘l tumanida Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik A.Imyaminov hamda tumandagi 4 sektor rahbarlari ishtrokida Oltinko‘l tumani IIB probasiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan ushrashuv-muloqot o‘tkazildi.

So‘z olganlar tomonidan har qanday inson xatoga yo‘l qo‘yishi mumkinligi, muhimi – uni vaqtida anglab, hayotni yangitdan boshlash, huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik zarurligi qayd etildi. Shuningdek, ular bilan olib borilgan profilaktik suhbatda kelgusida qayta jinoyat sodir etishlarini oldini olish, ushbu fuqarolarning huquq va majburiyatlari hamda to‘qnash kelayotgan muammolari ham atroflicha muhokama etildi.

Tadbir davomida oila turmush doirasida sodir etilgan mudxish jinoyatlar, yoshlar va voyaga yetmaganlarning achchiq pushaymonligi aks etgan maxsus “Ogohlik” nomli ko‘rsatuvi namoyish etildi. 

Yig‘ilish so‘ngida probasiya hisobidagi shaxslarning murojaatlari atroflicha tinglanib, tegishli soha rahbarlariga ijrosi yuzasidan topshiriqlar berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech