4 Oktyabr 2025 yil 681

Qo‘qon universiteti Andijon filialida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish hamda yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrashga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Andijon viloyati IIB mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbir jamiyatimizda tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish hamda yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash maqsadida tashkil etildi.

Unda zo‘ravonlik – bu nafaqat bir insonning huquqini poymol qilish, balki butun jamiyat barqarorligiga, oilaning mustahkamligiga raxna soladigan illat ekanligi, bugun har birimiz oilada, ish joyida yoki jamoat joylarida zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymasligimiz, unga qarshi faol kurashishimiz lozimligi hayotiy misollar orqali ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, yoshlarning ongini buzadigan, ularni jamiyatdan ajratadigan radikal g‘oyalar bugungi kunda eng xavfli xatarlar qatoriga kirganligi, radikallashuv insonni oilasidan, vatanidan, qadriyatlaridan begonalashtirishi, bunday oqimlarga qarshi eng kuchli qurol – bu bilim va ma’rifat ekanligi to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berilib, talabalar e’tiboriga shu mazmundagi ta’sirchan videoroliklar namoyish etildi.

Albatta bu kabi targ‘ibot tadbirlarining o‘tkazilishi tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish hamda yoshlarning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushmasligida muhim ahamiyat kasb etadi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati   

Text to speech