“Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi” doirasida ichki ishlar organlariga yangi qabul qilingan yosh xodimlarni ish jarayonlariga moslashuvchanligini oshirishga qaratilgan ochiq davra suhbati hamda trening mashg‘uloti o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2024-yil 10-maydagi 151-sonli farmoyishiga asosan ichki ishlar organlarida joriy yilning 1-iyun kunidan 30-iyun kuniga qadarli “Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi” o‘tkazilmoqda.
Ushbu oylik doirasida Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati Psixologik taʼminlash guruhi tomonidan ichki ishlar organlariga yangi qabul qilingan yosh xodimlarni ish jarayonlariga moslashuvchanligini oshirish maqsadida “Yosh xodimlarni ishdagi moslashuvchanligini oshirish adaptatsiyasi hamda stress va salbiy emotsiyalarni boshqarish” mavzusida ochiq davra suhbati va trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida mavzu yuzasidan batafsil tushunchalar yetkazilib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati