27 Iyun 2024 yil 1386

“Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi” doirasida  Marhamat tumani IIB shaxsiy tarkibi, ularning ota-onalari hamda faxriy xodimlar ishtirokida xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 26-iyun kuni Marhamat tumanida “Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi” doirasida Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov  hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati boshchiligida xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.  

Bo‘lib o‘tgan tadbirda  ichki ishlar bo‘limining shaxsiy tarkibi , ularning ota-onalari hamda faxriy xodimlar ishtirok etdi.

Tadbir boshida, yig‘ilganlar eʼtiboriga turli qing‘ir ishlar sodir etib, o‘z vijdonini pulga sotgan bir guruh sobiq xodimlarning ayanchli qismatlari aks etgan videorolik namoyish etilib,  bu kabi sharmandalik holatlarini oldini olish bo‘yicha atroflicha so‘z yuritildi.

Xususan, boshqarma boshlig‘ining maslahatchisi Orifjon Yuldashev tomonidan hayotiy tajribalar yaqindan o‘rtoqlashilib, xodimlar yana-da vijdonan ish tashkil etib, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishlari zarurligi taʼkidlab o‘tildi.

Shuningdek, muhokama davomida ichki ishlar bo‘limlarining shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar holati tanqidiy tahlil qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Tadbir so‘ngida, o‘zining namunali intizomi hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda boshqa hamkasblariga alohida o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.

Hozirda bu kabi xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlashga qaratilgan tadbirlar joylarda davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech