10 Iyun 2024 yil 1762

“Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi” doirasida xodimlarning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi maʼnaviy-ruhiy muhit barqarorligini taʼminlashga qaratilgan profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor D.A.Nazarmuxamedovning reja-topshiriqlari asosida Andijon viloyati IIBda ishchi guruh o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.  

Andijon viloyati IIBda  ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida salbiy holatlarni oldini olish, xodimlarning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi maʼnaviy-ruhiy muhit barqarorligini taʼminlashga qaratilgan profilaktik yig‘ilish tashkil etildi.

Unda IIV ishchi guruhi, Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik J.M.Davronov hamda IIV SHXBB Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik A.F.Furqatovlar ishtirok etishib, tadbir ishtirokchilari eʼtiboriga oilada ota-onaning farzandlariga beradigan tarbiyasi kelajakda naqadar katta ahamiyat kasb etishi hamda bu  boradagi befarqlikka yo‘l qo‘yish juda yomon oqibatlar bilan yakun topishi hayotiy misollar yordamida aytib o‘tildi.

Shuningdek, xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, salbiy holatlar yuzaga kelishini oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida majlis ishtirokchilariga tushuntirish ishlari olib borildi.

Bundan tashqari, xodimlarni o‘qitish, bilim saviyasini mustahkamlash, turli xil ko‘ngilsiz holatlarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga atroflicha muhokama qilinib, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va kelgusidagi chora-tadbirlar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishdan so‘ng, IIV ishchi guruhi, boshqarma rahbariyati bilan birgalikda Andijon viloyati IIBning “Shon-sharaf” muzeyiga tashrif buyurilib, unda Andijonning qadimgi davlatchilik xavfsizligidan boshlab, bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, hududiy xavfsizlik va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan fidoiylar, o‘tgan har bir davrning voqea hodisalarini o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati  

Text to speech