O‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan psixolog-inspektorlarning Andijon viloyat seminari o‘tkazildi
Joriy yilning 19-noyabr kuni Andijon shahar XTBga qarashli 13-umumtaʼlim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi «Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yana-da takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi PQ-5050-sonli qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida psixolog inspektorlarning Andijon viloyat seminari o‘tkazildi.
Seminarda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasining voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish va muhim topshiriqlar guruhi katta inspektori kapitan M.Xusanov, Andijon shahar ichki ishlar boshqarmasi voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i mayor A.Appakov, tuman va shaharlar voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish bo‘lim boshliqlari va 110 nafar umumtaʼlim maktablariga biriktirilgan psixolog-inspektorlar, Andijon davlat universiteti psixologi O.Muxtarov, Andijon shahar 13-umumtaʼlim maktabi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Raximovlar ishtirok etdilar.
Viloyat seminarida psixolog-inspektorlar umumtaʼlim maktablari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari bilan hamkorlikda o‘quvchilar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida bajarilishi zarur rejalar haqida maʼlumotlar berilib, muhim vazifalar belgilab olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati