1 Sentyabr 2022 yil 385

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Andijon viloyati IIOda xizmat olib borayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandi

Tadbirga viloyat IIB apparati shaxsiy tarkibi, mustaqil boshqarma, boʻlim hamda shahar-tuman IIB boshliqlari taklif etildi.

Tadbir avvalida Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangradi.

Shundan soʻng Andijon viloyati IIB boshligʻi, polkovnik A.T.Raxmatullayevga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan barchani samimiy muborakbod etib Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-leytenant P.R.Bobojonovning Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan tabrigini shaxsiy tarkibga oʻqib eshittirdi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Ichki ishlar Vazirining buyrugʻi bilan viloyat ichki ishlar organlarining ayrim xodimlari turli darajadagi mukofotlar bilan taqdirlandilar.

Andijon viloyati IIB boshligʻi, polkovnik A.T.Raxmatullayev tomonidan xodimlarga IIVning mukofotlari, maxsus unvonlar hamda namunali xizmat qilayotgan xodimlarning ota-onalariga boshqarma boshligʻining rahmatnomasi tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan Andijon viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Ayubxon Rahmatullayev Mudofaa vazirligining 3-darajali koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech