O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik B.T.Abdullayev huzurida Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati, Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari IIB Probatsiya boshqarmalari hamda hamkor tashkilotlar o‘rtasida “Probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasida, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti probatsiya xizmati masʼul xodimlari hamda Andijon, Farg‘ona hamda Namangan viloyatlari IIB probatsiya boshqarmalari boshliqlari hamda hamkor tashkilotlari o‘rtasida o‘quv seminari hamda yig‘ilish muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
O‘quv seminar yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 iyun kungi “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-299-sonli Qarori ijrosini hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevraldagi “Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 84-son Qarori bilan probatsiya nazoratidagi shaxslarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddi idoralarning hamkorlik mexanizmi aniq belgilab berildi.
Ushbu hamkorlik doirasida Bandlik va mehnat munosabatlari, Sog‘liqni saqlash, Xalq taʼlimi, Oliy taʼlim vazirliklari, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi kabi 7 ta idoraning har biriga alohida aniq vazifalar belgilab berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati