17 Oktyabr 2024 yil 1703

Paxtaobod hamda Izboskan tumani IIBlarida joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Paxtaobod hamda Izboskan tumani IIBlarida Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov raisligida o‘tgan 9 oy davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, shaxsiy tarkib bilan xizmat intizomini mustahkamlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishga qaratilgan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan majlislarda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida har ikki tumanda huquqbuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, jinoyatchilikka qarshi kurashish, sodir etilgan jinoyatlarni issiq izidan ochish, qidiruvdagi jinoyatchilarni aniqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonlari shuningdek, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomini mustahkamlash, xodimlarning jangovar va jismoniy shayligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar hamda ushbu yo‘nalishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan rahbar va xodimlar muhokama qilinib, ularning hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasidagi yuklatilgan majburiyatlarni namunali tarzda bajarib kelayotgan bir guruh xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar hamda boshqarma boshlig‘ining tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hisobot yig‘ilishi yakunida ushbu yo‘nalishning mutasaddi rahbarlari va xodimlariga kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aniq va manzilli tarzda belgilab berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech