29 May 2024 yil 2269

Paxtaobod tumani IIB xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Intizom oyligi”doirasida bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda

Paxtaobod tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlarining xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy amal qilishlarini taʼminlash maqsadida joriy yilning 1-may kunidan 31-may kuniga qadar "Temir intizom va halollik-muvaffaqiyat kaliti" shiori ostida "Intizom oyligi” o‘tkazilmoqda.

Ushbu oylik doirasida xodimlarning belgilangan xizmat kiyimlarini kiyib yurish tartibiga amal qilishlarini hamda ishga o‘z vaqtida kelishlarini nazorat qilish maqsadida tuman IIB boshlig‘ining maʼnaviy- maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik B.T.Dexqonov tomonidan har kuni xizmat oldi yo‘riqnomalari o‘tkazilmoqda. 

Shuningdek, xodimlar o‘rtasida maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash va ularning jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan sport musobaqalari, xususan, mini futbol turnirlari ham tashkil etilmoqda.

Intizom oyligi davomida xodimlar tumanda joylashgan Z.Xabibiy muzeyiga hamda Madaniyat qishlog‘idagi “Xo‘jataqsim ota” ziyoratgohlariga tashrif buyurilib, ushbu ulug‘ joylarning tarixi bilan yaqindan tanishtirildilar.

Bundan tashqari, "Xodimbay" ishlash tizimi asosida xodimlarning yashash xonadonlariga borilib, ularning oilaviy sharoitlari yaqindan o‘rganilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech