Paxtaobod tumani IIB xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi
Joriy yilning 13-iyul kuni Paxtaobod tumani IIBda Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov raisligida o‘tgan ikkinchi chorak davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarni oldini olish, shaxsiy tarkib bilan xizmat intizomini mustahkamlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishga qaratilgan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan majlisda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida barcha yo‘nalishlarda olib borilgan ishlar tanqidiy muhokama qilinib, mutasaddi rahbar va xodimlarga kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar aniq va manzilli tarzda belgilab berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati