2 Iyul 2020 yil
982
Paxtaobod tumani sektor rahbarlari tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashuv-muloqot o‘tkazildi
Paxtaobod tuman hokimligida tumanda faoliyat yuritib kelayotgan 20 nafar tadbirkorlar bilan sektor rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.O‘z loyiha va biznes rejalarini havola qilgan tadbirkorlarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha kerakli ko‘mak va maslahatlar berildi.
Qizg‘in munozara, taklif va savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuvda tadbirkorlar turli muammoli masalalari bilan murojaat qildilar hamda tegishli mas'ul mutasaddilar tomonidan ko‘rib chiqish uchun qat'iy vazifalar belgilab olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati