17 Noyabr 2021 yil 551

Paxtaobod tumanida bezorilik sodir etgan fuqaro endi qonun oldida javob beradi

2021-yil 7-noyabr kuni soat 18:30 larda, fuqaro A.O. mast holda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, Paxtaobod tumanida yashovchi S.M. bilan hech bir sababsiz janjallashib, uni urib-do‘pposlab, yengil tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech