10 Yanvar 2023 yil
399
Paxtaobod tumanida “gashish” giyohvandlik vositasini sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi
2023-yil 5-yanvar kuni Andijon viloyati IIB JQB, Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi hamda tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida Paxtaobod tumanida yashovchi M.A yashash uyi oldida xolis xaridorga og‘irligi 6,98 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini 1.330.000 so‘m pullar evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati