27 Iyul 2022 yil 435

Paxtaobod tumani IIB boshlig‘i yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni muammolarini hal etish bugungi kunning dolzarb vazifalari sirasiga kiritilgan.

Shu maqsadda bugun Paxtaobod tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari B.Axmedov tomonidan, sektor hududidagi “Do‘ngqishloq” mahallasining uyushmagan yoshlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda yoshlar tomonidan kelib tushgan murojaatlarga tuman tashkilotlarining masʼul xodimlari bilan hamkorlikda o‘z yechimini topishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech