1 Dekabr 2022 yil 294

Paxtaobod tumani IIB tomonidan probatsiya hisobida turuvchi shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazdi

Paxtaobod tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari B.Axmedov, IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari va XPB boshlig‘i tomonidan tumanning 3-sektor hududida yashovchi nazoratdagi shaxslar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida probatsiya hisobida turib jazo o‘tayotgan shaxslar ham ishtirok etdilar. Ularning muammolari tinglanib hal etish choralari ham ko‘rildi. Shuningdek, belgilangan jazolarini namunali o‘tashlari kelgusida bunday ishlarni qayta qilmasliklari haqida ham tushunchalar berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech