18 Iyul 2022 yil
545
Paxtaobod tumanida "gashish" giyohvandlik moddasini 5000 AQSH dollariga sotayotgan fuqarolar ushlandi
Joriy yilning 15-iyul kuni Andijon viloyati IIB JQB, JXX JTSB PPXB, Kinologiya xizmati, tuman IIB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, Paxtaobod tumani fuqarolari A.O va M.Nlar o‘zaro jinoiy til biriktirib, tuman hududida fuqaroga og‘irligi 455,5 gramm bo‘lgan «gashish» giyohvandlik moddasini 5 000 AQSH dollari evaziga sotayotgan vaqtlarida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tumani IIB huzuidagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati