17 Sentyabr 2022 yil 485

Paxtaobod tumanida "Oila turmush" profilaktik tadbirlari davom etmoqda

Oila jamiyatning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Oilalardagi maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish esa jamiyatimizda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan jinoyatchiliklarning oldi olinishiga sabab bo‘ladi.

Viloyatimizda 14 sentyabrdan 15 oktyabrgacha "Oila turmush" profilaktik tadbirlar oyligi deb eʼlon qilinishi ham aynan ana shu maqsadlarga qaratilgan.

Bugun tuman IIBda tuman hokimi E.Usmonov, IIB boshlig‘i B.Axmedovlar tomonidan tumandagi MFY rais, profilaktika inspektori, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchilari ishtirokida yuqoridagi maqsadlar uchun ko‘zlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Unda viloyat IIB boshlig‘ining tegishli ko‘rsatmalari ijrosi yuzasidan topshiriqlar berdi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech