7 Dekabr 2021 yil
435
Paxtaobod tumanidagi beton g‘isht ishlab chiqarish sexidan dastgoh ehtiyot qismlarini o‘g‘irlagan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2021-yilning 22-noyabr kunidan 30-noyabr kuniga qadarli vaqt oralig‘ida Paxtaobod tumanida yashovchi fuqaro M.Sh Paxtaobod tumani, Nodirabegim MFYda joylashgan fuqaro A.Ch.ga tegishli beton g‘isht ishlab chiqarish sexiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, narxi 9.000.000 so‘mlik beton g‘isht chiqarish dastgohi ehtiyot qismlarini o‘g‘irlab ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtaobod tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati