10 Noyabr 2021 yil
425
Paynetdan foydalanib turish maqsadida 54 million so‘m pullarni qo‘lga kiritgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2021 yil yanvar oyida fuqaro D.N tanishi Shahrixon tumanida yashovchi A.X.ni aldab ishonchiga kirib, Andijon shahrida joylashgan A.X.ga tegishli “Paynet” do‘koniga kirib, undan foydalanib turish maqsadida login va parolini bilib olib, uning hisobida bo‘lgan jami 54.000.000 so‘m pullarini qo‘lga kiritgan hamda shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati