7 Iyul 2022 yil 450

Payshanba “Profilaktika kuni” munosabati bilan Andijon tumanida qator ishlar olib borildi

Joriy yilning 7 iyul kuni “Profilaktika kuni” munosabati bilan Andijon tumanida Andijon viloyati IIB XPB boshligʻining oʻrinbosari G.Abduvohidova, Andijon viloyati oila va xotin-qizlar oʻrtasida tazyiq va zoʻravonlikni oldini olish va uni muvofiqlashtirish hamda reabilitatsiya qilish boʻyicha bosh mutaxassisi D.Turgunova hamda Andijon tumani vakillari bilan hamkorlikda tumandagi 78 tag MFY xotin-qizlar faollari va fuqarolar oʻrtasida “Huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?”, “Siz davlat himoyasidasiz”, “Biz odam savdosiga qarshimiz” mavzusida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilish davomida tumanda 2022 yilning 6 oyi davomida xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan tanqidiy muhokama qilindi. Shuningdek jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilingan fuqaroning oilasiga kirilgan holda muammosi oʻrganilib, huquqiy tushunchalar berildi. Tadbir davomida fuqaroning farzandi kasalligi hamda davolanishga muhtojligi sababli farzandini davolanishi uchun Andijon tumani tibbiyot birlashmasiga davolanish maqsadida yoʻllanma berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech