2 Mart 2020 yil 938

Pichoq bilan kimgadir tajovuz qilish erkak kishi uchun katta isnod

Andijon shahri va Oltinko'l tumanida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan sodir etilgan qotillik va qasddan badanga og'ir tan jaroxati etkazish jinoyatlarini keng jamoatchilikka etkazish hamda aholini ogohlikka chaqirishga qaratilgan uchrashuv-muloqotlar o'tkazildi.

Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari podpolkovnik M.Nishonov so'zga chiqdi. Bugungi kunda ayrim kimsalarning arzimas sabablar uchun ham janjal ko'tarib, oqibatini o'ylamay sodir etayotgan jirkanch xatti-harakatlari nafakat o'zlarini, balki yaqinlarini xam jamiyat oldida uyatga qo'yayotganligi o'kinch bilan tilga olindi. Shuningdek, kishilar o'rtasidagi mehr-oqibatning yo'qolib borayotganligi, ko'pchilikning befarq va loqayd bo'lib kun kechirishga o'rganib qolganligi, fukarolarimizni atrofida bo'layotan hodisalarga tomoshabin bo'lib turishlari keskin qoralandi.

Shuningdek, pichoq bilan kimgadur tajovuz qilish erkak kishi uchun katta isnod ekanligi, mudxush jinoyatlar uchun esa O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksning tegishli moddalarida belgilangan qat'iy jazo choralari qo'llanilishi, jinoyatga jazo mukarrarligi alohida ta'kidlab o'tildi.

Uchrashuv-muloqotda viloyat "Nuroniylar" jamg'armasi raisi O'.Nabiev ham so'zga chiqib, jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi ishlar yuzasidan o'zining fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi. Tadbirlar so'ngida qotillik va qasddan badanga og'ir tan jaroxati etkazish jinoyatlarining kelib chiqish sabablarini tub ildizigacha keng jamoatchilik vakillariga etkazish bo'yicha sektor raxbarlari, xududiy proflaktika inspektorlari, maxalla fuqarolar yig'ini raislari, ko'chaboshilari, oqsoqollari hamda maxalla faollariga muhim chora-tadbirlar belgilab berildi.

Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech