19 Mart 2024 yil 913

Probatsiya guruhi hisobidagi shaxslar ijtimoiy hayotga moslashtirilmoqda

Yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami arafasida Andijon tuman IIB JXX Probatsiya guruhi tomonidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon tumani sudiga ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan, hozirda qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanib kelayotgan 30 nafar nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan insonparvarlik dalolatnomalarini qo‘llash maqsadida taqdimnomalar kiritilib,ular tayinlangan jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindilar.

O‘z navbatida jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab yurgan 2 nafar nazorat ostidagi shaxsning jazolari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan boshqa og‘irroq turdagisiga almashtirildi.

Shuningdek, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda nazorat ostidagi shaxslarni ish bilan taʼminlash orqali ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida “Ishga marhamat” mehnat yarmarkasi o‘tkazilib, unda 6 nafar nazorat ostidagi shaxsga o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlari bo‘yicha ishga joylashishlari uchun yo‘llanmalar berildi.

Bundan tashqari, Madaniyat markazi bilan hamkorlikda nazorat ostidagilarning huquqiy, madaniy, siyosiy savodxonligini oshirish, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini ko‘tarish maqsadida markaziy kutubxonaga tashrif uyushtirildi.

Shu bilan birga, probatsiya hisobidagi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq qilish  maqsadida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Probatsiya guruhi hisobidagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech