Probatsiya boshqarmasi tomonidan Bo‘ston tumanida hamkor tashkilotlar bilan nazorat ostidagi shaxslar o‘rtasida tarbiyaviy profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 28 oktyabr kuni Bo‘ston tumanida mazkur profilaktik tadbir tashkil etilib, Andijon shahar ishga marhamat “Monomarkaz”i masʼul xodimlari, Bo‘ston tumani hamkor tashkilot rahbarlari taklif etildi. Tadbir davomida 105 nafardan ortiq probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan uchrashilib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini taʼminlash, eng avvalo ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini barvaqt oldini olish bo‘yicha ochiq muloqot hamda tarbiyaviy profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, Bo‘ston tumani IIB JXX Probatsiya guruhi xizmat faoliyati o‘rganildi va amaliy yordam ko‘rsatilib, xodimlarning yashash xonadonlariga borib, ularning yashash sharoitlari o‘rganildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmat