26 Yanvar 2023 yil
322
Probatsiya hisobida turgan shaxslarning jazolarga rioya qilishi Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘rganilmoqda
Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan Probatsiya boshqarmasi hisobida turgan 1128 nafar ozodlikdan cheklash jazosini o‘tayotgan shaxslarga nisbatan tayinlangan taʼqiq va cheklovlarga rioya qilishlari tekshirilib, sud tomonidan o‘rnatilgan tartibga rioya qilmagan nazorat ostidagi 12 nafar shaxsga nisbatan intizomiy taʼsir choralari ko‘rildi.
Hozirda bu boradagi profilaktik tadbirlar viloyat miqyosida davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati