Probatsiya hisobda turuvchi yoshlar ishtirokida “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabr kunidagi “Jinoyat ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4006-son Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevral kunidagi “Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 84-son Qaroriga muvofiq, Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi va Sharqiy harbiy okrugi Andijon garnizonidagi 14014-sonli harbiy qism hamkorligida 10 kunlik “Yosh vatanparvarlar yig‘ini” loyihasi doirasida bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Xususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning probatsiya hisobida turuvchi 100 nafar yoshlar ishtirokida “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tadbirdan maqsad nazorat ostidagi yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ishga joylashishlariga ko‘maklashish, vatanga muhabbat, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruxida tarbiyalashdan iborat.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati