Qidiruvdagi shaxslarning oila aʼzolari bilan uchrashuv oʼtkazildi
Jinoyat sodir etib tergov va sud idoralaridan qochib yashiringan shaxslarni huquqni muhofaza qilish idoralariga kelishlarini taʼminlash maqsadida Аndijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan qidiruvda yurgan shaxslarning oila aʼzolari bilan uchrashuv oʼtkazildi.
Uchrashuvda Аndijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari S.Jabbarov, boshqarma boshligʼining oʼrinbosari-Tergov boshqarmasi boshligʼi Ya.Аbdulxakovlar ishtirok etdilar. Unda qidiruvdagi shaxslarning oila aʼzolariga jinoyat sodir etgan har bir shaxsga jazoning muqarrarligini taʼminlash jinoyat qonunchiligining asosiy prinsiplaridan biri hisoblanishi, shaxsning oʼz aybiga iqror boʼlib qilmishidan pushaymonligi esa jazoni yengillashtiruvchi holatlar ekanligi toʼgʼrisida atroflicha maʼlumotlar yetkazildi. Uchrashuvda ishtirok etgan fuqarolarga qidiruvdagi yaqin qarindoshlarini oʼz ihtiyorlari bilan tergov va sud idoralariga kelishlarini taʼminlashlari tushuntirib oʼtildi.
Uchrashuv soʼngida qidiruvdagi shaxslarning yaqinlari tomonidan mavzuga oid bergan savollariga jinoyat-protsessual qonunchiligi normalariga asoslangan holda javoblar berildi.
Аndijon viloyati IIB Аxborot xizmati