7 Mart 2023 yil 522

Qo‘l barmoq izlari jinoyatchini fosh etdi

2023-yil 7-fevral kuni Buloqboshi tumanida yashovchi fuqaro D.Z IIBga xabar berib, nomaʼlum shaxslar yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib devordan oshib o‘tish yo‘li orqali g‘ayriqonuniy ravishda yashash xonadoniga kirib, yotoqxonasidan 4.500 AQSH dollari pullarini va 400 AQSH dollariga teng tilla buyumlarini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilgan.

Ushbu o‘g‘irlik holati yuzasidan Buloqboshi tumani IIB katta ekspert-kriminalisti tomonidan hodisa joyini ko‘zdan kechirish davrida qo‘l barmoq izlari aniqlab olingan.

Olingan barmoq izlari viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazining avtomatlashtirilgan daktiloskopik taqqoslash tizimi bazasidan tekshirilganida, barmoq izlari Buloqboshi tumanida yashovchi X.E tomonidan qoldirilganligi aniqlangan.

Tezkor surishtiruv mobaynida haqiqatdan xam X.E ismli shaxs D.Zning yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalanib mol-mulklarni yashirin ravishda talon-taroj qilib, hodisa joyidan yashiringanligi hamda talon-taroj qilingan mol-mulklarni o‘zining shaxsiy ehtiyoji yo‘lida sarf qilib yuborganligini maʼlum qilgan.

Hozirda Buloqboshi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan X.E ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb eʼlon qilinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech