8 Fevral 2022 yil
554
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida “gashish” giyohvandlik moddasini sotayotgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2022-yil 7-fevral kuni Qo‘rg‘ontepa tumani IIB JQB tomonidan olib borilgan tezkor-tadbir davomida, shu tumanda yashovchi fuqaro O‘.X Qorasuv shahar Boburshox ko‘chasida 750.000 so‘m pullar evaziga xolis xaridorga 3,5 gramm “gashish” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati