8 Fevral 2022 yil 584

Qo‘rg‘ontepa tumani IIB JQB xodimlari tomonidan qimorxona fosh etildi

2022-yil 3-fevral kuni soat 17:30larda Qo‘rg‘ontepa tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, tumanning Xurobod MFYda yashovchi fuqaro X.J yashash uyida bir guruh shaxslarni to‘plab, cho‘tal pullari evaziga qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinni qonunga xilof ravishda tashkil etganligi aniqlandi.

Voqea joyidan daliliy ashyo sifatida 2.015.000 so‘m pullar, 32 dona o‘yin kartasi va 560.000 so‘m cho‘tal pullari olindi.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 278-moddasi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech