17 Noyabr 2021 yil
550
Qo‘rg‘ontepa tumani IIB xodimlari tomonidan “GASHISH” giyohvandlik vositasi aniqlandi
2021-yil 15-noyabr kuni soat 01.00 larda Qo‘rg‘ontepa tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida Mustaqillikning 15 yilligi MFYda joylashgan “Zilol” nomli choyxonada o‘zini shubhali tutgan fuqaro Yu.M.ning yoni tekshirilganda, og‘irligi 9,77 gramm “GASHISH” giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati