6 Iyun 2022 yil
551
Qoʻrgʻontepa tumanida 5000 AQSH dollariga “Gashish” sotayotgan fuqarolar ushlandi
Oʻzbekiston Respublikasi IIV JQBB, Andijon viloyati IIB JQB hamda tuman IIB xodimlari bilan oʻtkazilayotgan “Qoradori-2022” tadbirining 1-bosqichi davomida, Qoʻrgʻontepa tumanida yashovchi fuqaro M.T xolis xaridorga ogʻirligi 340 gramm “gashish” giyohvandlik vositasini 5 000 AQSH dollari evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻrgʻontepa tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib bormoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati