28 Fevral 2023 yil 346

Qo‘rg‘ontepa tumanida sodir etilgan talonchilik jinoyati yuzasidan keng jamoatchilik ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 20-fevral kuni soat 14:00 larda voyaga yetmagan fuqarolar N.X va M.X.lar bir guruhga birlashib o‘zganing mulkini ochiqdan ochiq talon-taroj qilish maqsadida voyaga yetmagan fuqarolar E.R hamda T.N.lar to‘xtatib , E.R.ga tegishli bo‘lgan 700 AQSH dollari pullaridan 400 AQSH dollarini olib qaytarib bermasdan ochiqdan ochiq talon-taroj qilishgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sodir etilgan ushbu talonchilik jinoyati yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumanida Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi hamda tuman IIB masʼullari tomonidan keng jamoatchilik ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Muhokama yig‘ilishida jinoyatga sabab bo‘lgan omillar tub ildizigacha tahlil qilindi. Xususan, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatni barvaqt oldini olishda yetarlicha ish tashkil etmagan masʼullarning faoliyati tanqid ostiga olindi. Shuningdek, farzandlari tarbiyasiga eʼtiborsizlik bilan qaragan ota-onalarning ham bu jinoyatni kelib chiqishida o‘ziga yarasha aybi bor ekanligi aniq misollar yordamida aytib o‘tildi.

Muhokama davomida yig‘ilganlar eʼtiboriga voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning achchiq qismati aks etgan videorolik namoyish etilib, barcha ogohlikka chaqirildi.

Bundan tashqari, talonchilik jinoyatiga qonunda belgilangan jazoning muqarrarligi huquqiy asoslar bilan yetkazilib, bu turdagi jinoyatlarni oldini olishda barcha bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilish shart ekanligi taʼkidlab o‘tildi.

O‘tkazilayotgan bu kabi jinoyatchilik muhokamalari barchani ogohlik va hushyorlikka chaqirish, jinoyatchilikni barvaqt oldini olish hamda hamkorlikda qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni sarhisob qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech