“Reks” laqabli xizmat iti yordamida o‘g‘irlik jinoyati fosh etildi
Joriy yilning 30 yanvar kuni soat 21:00 larda Andijon shahrida yashovchi X.F.ning yashash xonadoni yotoqxonasidan 14.500.000 so‘m pul, 5100 AQSH dollari va 56.000.000 so‘mlik turli xildagi tilla-taqinchoqlar nomaʼlum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.
Ushbu xolat bo‘yicha Andijon viloyati IIB tergov-tezkor guruhi tarkibida voqea joyiga yetib kelgan PPX va JTSB kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi instruktor kinologi safdor S.Ubaydullayev o‘zining iz-qidiruv yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlagan “Reks” laqabli xizmat iti bilan voqea joyida “Shaxsni tanlash” harakati orqali ushbu o‘g‘irlikni sodir etgan shaxsni aniqlagan. U Andijon tumanida yashovchi fuqaro X.O‘ bo‘lib chiqdi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan 2021 yil 02 fevral kuni Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shu o‘rinda, barcha fuqarolarimizdan o‘z mol-mulklarini asrab avaylashda hushyorlikni yo‘qotmasliklarini so‘rab qolamiz.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati