7 Aprel 2023 yil 464

Respublika Inkassatsiya xizmati DUK Andijon viloyat boshqarmasi bilan tasdiqlangan reja asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda   

Joriy yilning 9 mart kuni IIV JXD JTSX boshlig‘i podpolkovnik Sh.Sh.Ibragimov va Respublika Inkassatsiya xizmati DUK bosh direktori A.X.Xamidovlar raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarga asosan Andijon viloyat inkassatsiya boshqarmasining qurol biriktirilgan  xodimlari bilan qurollarni saqlash, olib yurish, qo‘llash va xavfsizlik qoidalariga amal qilish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O‘tkazilgan o‘quv mashg‘uloti davomida inkassatsiya xodimlaridan “Makarov” to‘pponchasi va “Kalashnikov” avtomatlarini to‘liq hamda to‘liqsiz qismlarga ajratish va yig‘ish bo‘yicha belgilangan vaqtlarda bajarishlari yuzasidan dastlabki sinovlar olindi.

Shuningdek, boshqarmaning barcha xodimlari Andijon viloyati IIB tibbiyot bo‘limiga qarashli poliklinika shifokorlari yordamida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Andijon viloyat inkassatsiya boshqarmasining barcha xodimlarini jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida reja asosida xodimlardan 100 metr masofaga yugurish hamda turnikdan tortilish bo‘yicha sinovlar olindi. O‘tkazilgan sinov davomida belgilangan meʼyorlarni o‘z vaqtida bajara olmagan xodimlar, muntazam ravishda jismoniy tayyorgarlik bilan shug‘ullanish, kelgusi sinovlarda meʼyorlarni bajara olmagan taqdirda intizomiy choralar ko‘rilishi haqida taqdimnomalar kiritilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Bundan tashqari, inkassatsiya xizmati Andijon viloyat boshqarmasi ixtiyorida bo‘lgan avtomashinalarni boshqarish uchun biriktirilgan 20 nafar haydovchiga viloyat IIB YHXB tomonidan transport vositalarini boshqarish davomida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish yuzasidan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Hozirda Respublika Inkassatsiya xizmati Andijon viloyat boshqarmasi bilan tasdiqlangan reja asosidagi ishlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB  Axborot xizmati

Text to speech