Respublika va Andijon viloyati ishchi guruhining Asaka tumanidagi o‘rganishlari davom ettirilmoqda
Xalq bilan birga bo‘lish, uning muammolariga yechim topish, davlat idoralarini xalq uchun xizmat qilishi, umuman, barcha saʼy-harakatlar inson qadri uchun tamoyili ostida joylarda aholi farovonligi uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ayni shu maqsadda Yurtboshimiz topshirig‘i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining Andijon viloyatining Asaka tumanidagi o‘rganishlari davom ettirilmoqda.
O‘rganishlar davomida tumaning Markayuz MFY, Besh bola ko‘chasi 201-uyda sodir etilgan yong‘indan jabr ko‘rgan fuqaro O‘tkirbek Sheraliyev xonadoniga 25 million so‘mlik qurilish mollari yetkazib berildi.
Shuningdek, Asaka tumani 3-sektor hududida Respublika va Andijon viloyati ishchi guruhi aʼzolari tomonidan Markayuz, Ozod, Kujgan mahallalarida aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolari o‘rganilib, ushbu mahallalardagi ko‘chalarda shag‘allashtirish ishlari boshlab yuborildi.
Ishchi guruhning Asaka tumanidagi o‘rganishlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati