10 Dekabr 2022 yil 367

Respublika va Andijon viloyati ishchi guruhining saʼyi harakatlari natijasida Asaka tumanida ichki yo‘llar muammosi o‘z yechimini topmoqda  

Xalq bilan birga bo‘lish, uning muammolariga yechim topish, davlat idoralarini xalq uchun xizmat qilishi, umuman, barcha saʼy-harakatlar inson qadri uchun tamoyili ostida joylarda aholi farovonligi uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu boradagi amaliy ishlarni ko‘zdan kechirish, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, aholi bilan bevosita muloqot qilish hamda hududlardagi muammoli vaziyatni o‘rganish maqsadida Respublika ishchi guruhi aʼzolari Andijon viloyatida sektorlar va mahallalarga borib, xonadonma-xonadon yurib mahallalarning obod, osoyishta va farovon bo‘lishi uchun yaqindan yordam bermoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar, yangi loyihalar va rejalar tahlil qilinib, shu bilan bir qatorda hududlarni rivojlantirish, nisbatan sharoiti og‘ir mahallalarning qiyofasi va ichki yo‘llarini yaxshilash uchun ham bor imkoniyatlar safarbar qilinmoqda.

Darhaqiqat, Yurtboshimiz topshirig‘i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining Andijon viloyati Asaka tumanidagi o‘rganishlari ham bugun kun haqiqatini yana-da isbotlab berdi. Aholini o‘ylantirayotgan, har bir inson, har oila hayotiga daxldor aksariyat muammolar quyi tizimda va bu masalalarni mahallaning o‘zida hal qilish uchun imkoniyat  ham, kuch ham, salohiyat ham bor. Buning uchun esa mahallabay ishlashning yangi tizimini samarali amalga oshirishdagi o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini mustahkamlash zurur.

O‘rganishlar natijasida Asaka tumanining iqtisodiy ahvoli nisbatan og‘ir bo‘lgan mahallalardagi murojaatlarning yechimlari joyida bartaraf qilinmoqda.

Bugun Asaka tumani 3-sektor hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi va Respublika ishchi guruhi rahbari M. Ismoilov, Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi rahbari T. Karayev boshchiligida Asaka tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi yo‘lsozlari hamda Andijon viloyati IIB masʼullari bilan, “Ozod”va "Kujgon" mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholining hududlarida ichki yo‘llar taʼmiri masalasidagi murojaatini joyiga chiqib o‘rgangach, muammolarga yechim qilish choralari ishlab chiqildi.

Chindan ham mazkur mahalla ko‘chalari chindan ham tuproqli yo‘l bo‘lib, qishda botqoq bo‘lib ketishi ayni haqiqat edi. Murojaatdan so‘ng tuproq ko‘chalarni tosh ko‘chaga aylantirish uchun 10 lab katta  mashinalarda tosh-shag‘al olib kelinib, 700 metrdan ziyod masofadagi yo‘llar shebenlashtirildi. Barcha tizim masʼullarining mazkur mahallaning ichki yo‘llarini taʼmirlash yuzasidan mahallaga kelib nazoratga olishayotgani aholiga qishning sovuq kunlarda iliqlik ulashib, bugundan shukronalik bilan yashashlarida xizmat qilishida bir asos bo‘ldi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech