14 Dekabr 2022 yil 326

Respublika va Andijon viloyati ishchi guruhi tomonidan Asaka tumanidagi taʼlim muassasalarida yaratilgan shart - sharoitlar hamda isitish tizimlarining yaroqlilik ahvoli o‘rganilmoqda  

Xalq bilan birga bo‘lish, uning muammolariga yechim topish, davlat idoralarini xalq uchun xizmat qilishi, umuman, barcha saʼy-harakatlar inson qadri uchun tamoyili ostida joylarda aholi farovonligi uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Ayni shu maqsadda Yurtboshimiz topshirig‘i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining Andijon viloyatining Asaka tumanidagi o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Ayni shu kunlarda Respublika va Andijon viloyati ishchi guruhi tomonidan Asaka tumanining 3-sektor hududidagi «Niyozbotir» MFYda joylashgan ko‘zida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 16-sonli "Nurli maskan" maxsus maktab-internati va 42 umumtaʼlim maktabiga, shuningdek, “Yangiobod” MFYda joylashgan 47-sonli umumtaʼlim muassasasiga ham tashrif buyurilib, yaratilgan shart - sharoitlar hamda isitish tizimlarining yaroqlilik ahvoli ko‘zdan kechirildi.

Bu kabi o‘rganish ishlari ishchi guruh tomonidan davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech