13 Noyabr 2024 yil 2749

Qo‘rg‘ontepa tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 12-noyabr kuni Qo‘rg‘ontepa tumani IIBda Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov raisligida shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, xodimlar tomonidan sodir etilgan qonunbuzilish holatlarini shaxsiy tarkibga yetkazish hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida xodimlar bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olish, ularni ijtimoiy himoya qilish, moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirish choralarini ko‘rish masalalari ham atroflicha muhokama qilinib, bu borada tumani IIB rahbariyatiga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berib o‘tildi.

Yakunda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech