Savdo do‘konlarida sodir etilgan o‘g‘irlik Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi tomonidan fosh etildi
Joriy yilning 2 noyabr kuni 102 tizimiga xabar kelib tushgan. Kelib tushgan xabarga ko‘ra Andijon shahrida joylashgan “Shuhrat lyuks” savdo do‘konidan 3200 AQSH dollari va 2 000 000 so‘m, shu kunning o‘zida Andijon shahrida joylashgan "Mobil aksessuarlar" savdo do‘konidan 1 735 000 so‘m, “Parfyumeriya” savdo do‘konidan 1 000 000 so‘m, yana bir “Parfyumeriya” savdo do‘konidan 200 AQSH dollari hamda Andijon shaxrida joylashgan “Dorixona”dan 150 000 so‘m pul mablag‘larini nomaʼlum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab olib chiqib ketilganligini maʼlum qilingan.
Andijon shahar IIOFMB tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida EKB eksperti tomonidan qo‘l barmoq izlari aniqlanib olinib, Ekspert-kriminalistika markazining Avtomatlashtirilgan taqqoslash tizimi bazasidan solishtirib tekshirilganida qo‘l barmoq izlari, Namangan viloyati Bunyodkor MFYda yashovchi fuqaro M.U. ismli shaxs tomonidan qoldirilganligi aniqlandi.
O‘g‘irlik holati yuzasidan Andijon shahar IIOFMB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati