Shahrixon tumani IIB boshligʻi yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi
Maʼlumki, iyul oyi Andijonda “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash oyligi” deb eʼlon qilingan. Ushbu oylik doirasida bugun Shahrixon tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi A.Islamov “Doʻlan” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan pedagogika kollejida hamda “Abdubiy” qishlogʻidagi 2-son kasb-hunar maktabida oʻzi rahbarlik qilayotgan 3-sektor hududidagi mahallalar yoshlari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Unda uyushmagan yoshlar bandligini taʼminlash, kasb-hunarga jalb qilish, tadbirkorlikka yoʻnaltirish, ular oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik holatlarining oldini olish masalalari koʻrildi.
Muloqot jarayonida sektor rahbari tomonidan yoshlarning murojaatlari tinglanib, ularni ijobiy hal etish choralari belgilandi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati