17 Fevral 2022 yil 337

Shahrixon tumanida o‘tkazilayotgan “Zarbdor o‘n kun” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida qimorxona fosh etildi

2022 yil 15 fevral kuni soat 19:00larda Andijon viloyati IIB JQB hamda Shahrixon tumani IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda tuman hududida o‘tkazilayotgan “Zarbdor o‘n kun” tezkor-profilaktik tadbiri doirasida tezkor tadbir amalga oshirildi.

Olib borilgan tezkor tadbir natijasida Shahrixon tumani, Do‘lan MFYda joylashgan choyxonada bir nechta shaxslar tavakkalchilikka asoslangan “xulist” qimor o‘yinini o‘ynashayotganliklari aniqlandi.

Davrada bo‘lgan jami 116.000 so‘m pullar va 29 dona o‘yin qartalari xolislar ishtirokida bayonnoma orqali tuman IIB ixtiyoriga rasmiylashtirilib olindi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech