1 Dekabr 2022 yil 305

Shahrixon tumanida sotish uchun saqlanayotgan pirotexnika vositalari aniqlandi

Shahrixon tuman IIB JXX HPB voyaga yetmaganlar bo‘yicha inspektor-psixologining maʼlumotiga asosan, joriy yilning 25 noyabr kuni soat 16:00larda Shahrixon tuman IIB JXX HPB xodimlari tomonidan Shahrixon tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan Q.Tning ko‘rilishi tugallanmagan hovli uyi ko‘zdan kechirilganida, yashash xonadonining xammomidagi kir yuvish mashinasining ichida T.Qning jiyani Shahrixon tumanida yashovchi, Shahrixon tuman XTBga qarashli 6-umumtaʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi 2005 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan T.A tegishli bo‘lgan 12 ta qutida “Solovoy rozoynik”, 230 ta qutida “Treniya” va 940 ta qutida “Britanik” nomli jami bo‘lib 1182 ta qutida Qirg‘iziston respublikasida ishlab chiqarilgan pirotexnika vositalarini sotish uchun saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tuman IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech